Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada Godzillaga haykal o‘rnatildi
Tokio markazida kinofilmlardan bo‘lgan bahaybat mutant-maxluq Godzillaga haykal o‘rnatildi. Bu haqda Kyodo xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, haykalning balandligi taxminan 2,5 metr keladi. Haykal o‘rnatilgan maxsus asosda shunday yozuv bor: «Endi insoniyat Godzilla bilan birga yashashga majbur». Bu ibora bahaybat maxluq to‘g‘risidagi eng so‘nggi film - «Godzilla: Uyg‘onish»dan olingan, u 2016 yilda katta ekranlarga chiqqandi.
Yaponiyada 1954 yilning 3 noyabr kuni Godzilla haqidagi birinchi film prokatga chiqqan – u Tinch okeani tubida ko‘p asrlik uyqudan so‘ng uyg‘ongan bahaybat mutant-maxluq bo‘lib, shaharlarni vayron etish hamda odamlarni o‘ldirishni boshlagan.
Ta'kidlanishicha, bu maxluq taxminan 50ta film va videoo‘yin qahramoniga aylandi, uning obrazi esa ommaviy madaniyatdagi eng taniqlilardan biri sanaladi.
Mavzuga oid
19:56 / 13.05.2025
Italiyalik ijodkorning ko‘rinmas haykali 18 ming dollarga sotildi
21:21 / 06.04.2025
Allergiya belgilarini yengillashtirishga yordam beradigan tabiiy modda aniqlandi
13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam
10:54 / 09.12.2024