Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik diplomatlar bo‘lgan mikroavtobuslar Moskvadagi elchixonani tark etdi, ular qarsaklar bilan kuzatildi
Buyuk Britaniyaning Moskvadagi elchixonasi hududidan ichida diplomatlar bo‘lgan uchta mikroavtobus chiqib ketdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, elchixonaning qolgan xodimlari hamkasblarini qarsaklar bilan kuzatib qo‘ygan. Muassasa hovlisida 20-30 nafar kishi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml Britaniyaning muammosini ma'lum qilgandi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning bildirishicha, Britaniya tomoni bilan madaniy munozara darajasi pasaygan.
«Afsuski, bu madaniyat darajasi to‘xtamasdan tushib bormoqda. Bayron, Shekspir va Konan Doylning vatani, qachonlardir siyosat hamda diplomatiyada ajoyib an'analarga ega bo‘lgan mamlakat siyosatchilar o‘zlariga mas'uliyatsiz bayonotlar berishni odat qilib olgan davlatga aylandi. Bu muammo», - deya aytib o‘tdi Peskov.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025