Jamiyat | 01:30 / 23.03.2018
45714
2 daqiqa o‘qiladi

Milliy TV «Umar ibn Xattob» teleserialini namoyish etishga hozirlanmoqda

Milliy TV «Umar ibn Xattob» tarixiy teleserialini namoyish etishini e'lon qildi. Telekanalning Facebook’dagi sahifasida serialdan treyler joylashtirilgan bo‘lib, «Umar ibn Xattob»! Tez kunda! Tomosha qiling!» deya post qoldirilgan.

Qatarlik kinematograflar tomonidan suratga olingan ushbu serial 2012 yilda rejissyor Hotam Ali tomonidan suratga olingan. Filmda xalifaning 18 yoshligi — 604 yildan boshlab voqealar hikoya qilinadi. Bu vaqtgacha payg‘ambarimiz Muhammad s.a.v.ning Allohning rasullikka kirishishiga hali 6 yil bor edi. Filmdagi voqealar 644 yilgacha — hazrati Umar r.a.ning vafotiga qadar bo‘lgan davrni qamrab olgan.

Filmda qolgan uch xalifa Abu Bakr Siddiq, Usmon va Ali r.a.lar obrazi ham gavdalantirilgan. Islom qoidalariga muvofiq, Muhammad s.a.v. ko‘rsatilmagan.

31 qismdan iborat serialda Umar ibn Xattob rolini Samir Ismoil o‘ynagan. Abu Bakr Siddiq rolida Hassan Mas'ud, Usmon ibn Affon rolida Samir Mazi va Ali ibn Abu Tolib rolida G‘anim Zrelli.

Qatar TV buyurtmasiga ko‘ra ishlangan ushbu serialning s'yomka jarayoni Saudiya Arabistoni va Marokashda suratga olingan.

«Milliy TV» telekanali serial namoyishi aynan qaysi kundan boshlanishi va kunning qaysi soatida ko‘rsatilishiga oydinlik kiritmagan.

Mavzuga oid