Uyida 250 ta bomba saqlagan britaniyalik sudlandi

Foto: AP Photo / Lefteris Pitarakis
Buyuk Britaniyaning Bristol qirollik sudyasi uyida 250 ta qo‘lbola portlovchi qurilma saqlagan erkakni 3 yillik qamoq jazosiga mahkum qildi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, sudlanuvchi – 29 yoshli Riko Fernandes uyida bombalardan tashqari, o‘q-dorilar, bronejiletlar uchun konteynerlar, portlovchi modda tayyorlash uchun kimyoviy moddalar saqlagan.
O‘q-dorilar ombori o‘tgan yil kuzida, Fernandesning uyida portlovchi qurilmalardan biri portlagandan keyin topilgan. Voqea joyida ishlagan politsiyachilar va o‘t o‘chiruvchilar Fernandesning uyida tintuv o‘tkazib, qo‘shnilarini evakuatsiya qilishgan. Fernandesning o‘zi esa portlash oqibatida kuyish jarohatlari olgan va 2 hafta shifoxonada yotgan.
23 mart kunidagi sud jarayonida ayblanuvchi portlovchi moddalar saqlaganini tan olgan. U umumiy hisobda 3 yil 4 oylik qamoq jazosi olgan. Ayni vaqtda u 6 oyga yaqin hibsda ushlab turilgan.
Prokuror Reychel Dreykning aytishicha, ayblanuvchida terrorchilik maqsadlari bo‘lmagan, biroq portlovchi moddalarga qiziqishi katta bo‘lgan. Sudyaning qaror qilishicha, portlash tasodifan yuz bergan va ayblanuvchi boshqalar hayotini xatar ostiga qo‘ymoqchi bo‘lmagan.
Mavzuga oid

16:04 / 10.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Britaniya sobiq bosh vaziri Toni Bler bilan uchrashdi

23:24 / 09.04.2025
Britaniyalik rassomning 10 funtga xarid qilingan kartinasi 1 mln funtga sotilishi mumkin

18:29 / 09.04.2025
Britaniyada ma’lumotlar tahlili asosida «qotilliklarni bashorat qiluvchi» tizim ishga tushiriladi

08:30 / 07.04.2025