Jahon | 14:58 / 23.03.2018
7951
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuela prezidenti milliy valyuta denominatsiyasi haqida e'lon qildi

Foto: Reuters

Venesuela prezidenti milliy valyuta – bolivar denominatsiyasi (pul qiymatini o‘zgartirish) haqida e'lon qildi. Bu haqda respublika yetakchisi matbuot anjumani davomida ma'lumot berdi, deb xabar qilmoqda Globovision telekanali.

«Men Venesuela iqtisodiyoti uchun zarur bo‘lgan valyuta denominatsiyasini dushanba, 4 iyundan faollashtirish va e'lon qilish haqidagi hujjatga imzo qo‘yishga qaror qildim. Men hozirgi pullardan uchta nolni olib tashlash, muomalada bo‘lgan kupyuralarni almashtirish va yangilarini kiritishga jazm etdim. Bu Venesuela fuqarolariga ularning tijoriy hamda iqtisodiy faoliyatini kafolatlash uchun kerak», - deya aytib o‘tdi Maduro.

Mamlakat milliy qahramoni Fransisko de Miranda portreti bo‘lgan 200 bolivarlik va general Simon Bolivar tasviri tushirilgan 500 bolivarlik yangi kupyuralar muomalaga kiritiladi. Bundan tashqari, Venesuelada uzoq tanaffusdan so‘ng yana tangalar paydo bo‘ladi.

Mavzuga oid