Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Otishma yuz beradigan bo‘lsa». AQShdagi maktablardan birida o‘quvchilar toshlar bilan qurollantirildi
AQShning Pensilvaniya shtatidagi maktablardan birida o‘quvchilarni toshlar bilan qurollantirishdi, bu otishma yuz beradigan bo‘lsa, qo‘l kelishi kerak, deb xabar qilmoqda Buzzfeed News.
Ta'kidlanishicha, maktab direktori Devid Helsel bunday qaror haqida maktab ta'limi masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi yig‘ilishi davomida ma'lum qildi.
«Agarda qurollangan jinoyatchi bizning sinfxonalarimizdan biriga kirishga urinib ko‘rsa, u toshlar bilan qurollangan talabalar to‘la xonaga duch keladi. Hamda uni toshbo‘ron qilishadi», - deya aytib o‘tdi Helsel.
Uning ta'kidlashicha, bunday qaror so‘nggi ikki yil davomida tayyorlandi va Parklenddagi maktabda yuz bergan otishmaga o‘ziga xos javob emas. Toshlar maktabga yaqin yerdagi daryodan terilmoqda. Shuningdek xabar berilishicha, bolalar toshlardan erkin foydalana olmaydi, sababi ular alohida vaziyatlar uchun saqlanadi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025