«Sokin kayfiyatda». Apple bosh direktori Xitoy bilan savdo mojarosi bo‘yicha bayonot berdi

Foto: Reuters
Apple bosh direktori Tim Kukning ma'lum qilishicha, Xitoy bilan savdo muzokaralarini «sokin va xotirjam kayfiyatda» o‘tkazish lozim, bu vaziyat yanada keskinlashmasligi uchun kerak, deb xabar qilmoqda Reuters.
Kuk Xitoyni rivojlantirish bo‘yicha iqtisodiy forum vaqtida jurnalistlar bilan shu haqda suhbatlashgan. Ushbu tadbir har yili Xitoyda tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar Qo‘shma Shtatlarda alyuminiy hamda po‘lat importiga bojlar joriy etilganidan so‘ng keskinlashdi.
Avvalroq, Xitoy AQSh bilan savdo urushiga tayyorgarlik ko‘rayotgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid

19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi

16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi

07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi

23:35 / 20.05.2025