Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijda favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga hokimliklar tomonidan yordam ko‘rsatiladi
Xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi Hukumat qarori (VMQ-206, 18.03.2018 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qarorda belgilanishicha, favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan O‘zbekiston fuqarolariga yordam ishlarini moliyalashtirish Vazirlar Mahkamasining zahira mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Qaror bilan tasdiqlangan nizomda xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar oqibatida jabrlangan fuqarolarga yordam ko‘rsatish, halok bo‘lganlarni evakuatsiya qilish tartibi belgilab berilmoqda.
Xususan, xorijiy davlatlar hududida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatida O‘zbekiston fuqarolari jabrlangan taqdirda 3 soat ichida Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Mudofaa, Sog‘liqni saqlash va boshqa vazirlik idoralarning vakillaridan iborat maxsus guruh favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududga uchib (jo‘nab) ketishi lozim.
Shuningdek, nizomda har bir tashkilotning favqulodda vaziyat sodir bo‘lganda bajarishi lozim bo‘lgan funksiyalari belgilab beriladi.
Jumladan, endilikda mahalliy davlat hokimiyati organlari favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga va halok bo‘lganlarning oila a'zolariga ijtimoiy yordam ko‘rsatishi lozim.
Mavzuga oid
17:37 / 17.12.2024
Nukus shahri bosh rejasi tasdiqlandi
14:29 / 21.12.2021
Qaysi viloyatlar hokimligi oldida hali ham panjaralar bor?
14:18 / 23.04.2021
2020 yilda 106 ming gektar yer hokimliklar tomonidan noqonuniy ajratilgan – Bosh prokuratura
16:33 / 09.07.2020