O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni kengaytiradi
O‘zbekiston qo‘shni Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «O‘zbekenergo» AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Shuhrat Sheraliyev Xalqaro Simpoziumlar saroyida tashkil etilgan tadbirda ma'lum qildi. «O‘zbekenergo» mazkur rejani amalga oshirish uchun yangi «Surxon-Puli-Xumri» elektr energiyasi uzatish liniyasini qurishni amalga oshiradi.

Foto: Xalqaro press klub
Ma'lumki, 2017 yil dekabr oyida Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘anining O‘zbekistonga tashrifi doirasida «Surxon-Puli-Xumri» 500 kVt.lik elektr uzatish liniyasini qurish bo‘yicha kelishuv imzolangan edi. Shuhrat Sheraliyevning aytishicha, O‘zbekiston o‘z hududida qurilish ishlarini boshlab yuborgan. 2018 yil iyun oyidan Afg‘oniston hududida ham qurilish ishlari boshlanadi.
EUL (elektr uzatish liniyasi) uzunligi 260 km.ni tashkil etadi. U O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish imkoniyatini 70 foizga kengaytirish imkonini beradi. Bu yiliga 6 mlrd kVt.s elektr energiyasi demakdir. Umumiy qiymati 150 mln AQSh dollariga baholangan loyiha 2020 yil oxirigacha amalga oshirilishi kerak.
Afg‘oniston hukumati loyihaga 120 mln dollarga yaqin mablag‘ ajratadi. «O‘zbekenergo» AJ ham o‘z mablag‘larini yo‘naltiradi. Ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni 2002 yilda boshlagan. 2017 yili O‘zbekiston janubiy qo‘shnisiga 1,8 mlrd. kVt.s elektr energiya yetkazib bergan. Joriy yilda bu raqam 2 mlrd kVt.soatni tashkil etadi.
Yangi elektr uzatish liniyasini barpo etish, O‘zbekistonning Pokiston bozoriga ham chiqish imkonini beradi.
Mavzuga oid

07:02 / 16.04.2025
Afg‘onistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston hududlarida sezildi

20:09 / 15.04.2025
Afg‘onistonlik investorlar O‘zbekistondagi firmalar soni bo‘yicha kuchli beshlikka kirdi

22:28 / 09.04.2025
AQSh “Tolibon” bilan faol muloqotga kirishdi. G‘arbning talablari o‘zgardimi?

16:09 / 09.04.2025