Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rindiqlar soni 8tadan oshmaydigan avtomobillar yon oynalariga parda o‘rnatish mumkinmi?
Haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan avtomobillarning yon oynalariga parda o‘rnatish mumkin emas, deb xabar qilmoqda Adliya vazirligi axborot xizmati.
Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentga (VMQ, 2012 yil 4 iyul, 191-son) muvofiq:
barcha transport vositalarida old, yon va orqa tomondagi oynasining yorug‘lik o‘tkazishi kamida 70 foizni tashkil etishi kerak;
yon oynasiga parda quyishga faqatgina yo‘lovchilar tashishga mo‘ljallangan, haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan ortiq va eng katta vazni 5 tadan ko‘p bo‘lgan avtotransport vositalariga (ayrim mikroavtobuslar, avtobuslar) ruxsat beriladi;
haydovchining o‘rindig‘idan tashqari o‘rindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan avtotransport vositalarining (ya'ni, aksariyat aholi foydalanadigan oddiy yengil avtomobillarning) har ikki tomonida orqa tomonni ko‘radigan tashqi ko‘zgu mavjud bo‘lgan taqdirda, bu avtomobillarning orqa oynasiga pardalar, shuningdek chiy pardalar va darpardalar o‘rnatish mumkin.
Mavzuga oid
11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi
14:57 / 01.05.2025
Germaniya avtomobil ishlab chiqaruvchilari Trampning tariflari tufayli yo‘qotishlarga duch kelmoqda
12:54 / 05.10.2024
Hindistonlik erkak noodatiy avtomobillar kolleksiyasi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
17:58 / 01.09.2023