O‘zbekiston | 11:08 / 27.03.2018
42182
3 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston masalasi O‘zbekiston uchun nega muhimligini bildirdi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi voqealar oqibatida» bir muddatga xalqaro siyosatda «unutilgan» Afg‘onistondagi vaziyat o‘z keskinligi va jiddiyligini yo‘qotmaganini ta'kidladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri davlat rahbari 27 mart kuni Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyada bildirgan nutqiga asosan xabar berdi.

Prezidentning ta'kidlashicha, anjumanning o‘tkazish taklifi va Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni ta'minlashga qaratilgan sa'y-harakatlarni birlashtirish zarurati quyidagi omillar bilan bog‘liq.

Birinchidan, tashabbus O‘zbekistonning tashqi siyosat konts​yeptsiyasiga to‘liq mos keladi. Bu konts​yeptsiyada avvalo qo‘shni mamlakatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash ustuvor vazifa etib belgilangan.

Ikkinchidan, O‘zbekiston va Afg‘oniston xalqlari asrlar davomida yagona madaniy-ts​ivilizatsion makonda yashab kelgan.

Uchinchidan, xavfsizlik yagona va bo‘linmasdir va uni faqat birgalikda sa'y-harakatlar bilan ta'minlash mumkin. Xalqlar xavf-xatarlarni ba'zi birlarini «o‘zimizniki», boshqasini esa «birovniki», deb qabul qilmasligi kerak. Afg‘oniston xavfsizligi - bu O‘zbekiston xavfsizligi, butun bepoyon Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasi barqarorligi hamda taraqqiyotining garovidir.

To‘rtinchidan, O‘zbekiston Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga ko‘maklashish bo‘yicha tajribaga ega. O‘zbekistonning tashabbusi bilan 1999 yilda Toshkentda Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar, Rossiya va AQSh tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari darajasida «6+2» guruhining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Bu uchrashuvda Shimoliy Ittifoq va «Tolibon» harakati vakillari ham ishtirok etgan.

«Aynan mana shuning uchun ham O‘zbekiston butun dunyo mamlakatlarini bizning ezgu ishdagi sa'y-harakatlarimizni qo‘llab-quvvatlashga da'vat etaman», deydi Shavkat Mirziyoyev.

Mavzuga oid