O‘zbekiston | 10:46 / 27.03.2018
64720
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev: «Urush olovi» afg‘on xalqiga chetdan tiqishtirildi

26-27 mart kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan «Tinchlik jarayoni xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Konferentsiya moderatori - O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov anjumanning barcha ishtirokchilarini Afg‘oniston masalasida hamkorlik uchun samimiy qutladi.

Shundan so‘ng, so‘z Shavkat Mirziyoyevga berildi.

«Bugun biz ham davrimizning eng o‘tkir mintaqaviy va global muammolardan biri - Afg‘onistondagi qarama-qarshilikni hal etishni amaliy ruhda muhokama qilib, birgalikda umumiy bir yechim ishlab chiqishga qodirmiz», deb ta'kidladi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti.

Davlat rahbarining ta'kidlashicha, “jafokash Afg‘oniston zaminidagi bu to‘qnashuv qariyb 40 yildan buyon davom etmoqda hamda «urush olovi» afg‘on xalqiga chetdan tiqishtirildi, bu afg‘on xalqining tanlovi emas“.

«Ana shu yillar mobaynida yuz minglab tinch aholi urush qurboniga aylandi, millionlab insonlar o‘z uylarini tashlab ketishga va boshqa mamlakatlardan boshpana izlashga majbur bo‘ldi», deb fikr bildirdi davlat rahbari.

Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonda xalqaro terrorchi guruhlar sonining kengayishi, zo‘ravonlik va qon to‘kishlar, narkobiznesning barham topmayotgani - bularning barchasi bu mamlakatdagi vaziyat jahon jamoatchiligi tomonidan inkor etilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini alohida ta'kidladi.

Mavzuga oid