Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Kanada bosh vaziri bilan rossiyalik diplomatlarning chiqarib yuborilishini muhokama qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo bilan rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborish masalasini muhokama qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar bermoqda.
«AQSh prezidenti Donald Tramp Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo bilan suhbatlashdi. Har ikki tomon ham Buyuk Britaniya bilan birdam ekanini bildirdi va Rossiya harbiy kimyoviy qurolni qo‘llaganiga javoban rossiyalik razvedkachilarni birgalikda chiqarib yuborish masalasi ko‘rib chiqildi», - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika Qo‘shma Shtatlari rossiyalik 60 nafar diplomatga mamlakatni tark etish uchun bir hafta muddat bergani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
18:03 / 27.05.2025
Kanada parlamentining yangi spikeri lavozim kursisiga majburan o‘tqazildi
20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
00:45 / 22.05.2025