Jamiyat | 17:02 / 27.03.2018
19842
2 daqiqa o‘qiladi

Zangiota tumanida bir kunda 3ta xususiy bog‘cha ochildi

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Toshkent viloyati Zangiota tumanida 2018 yilning 17 mart kuni birdaniga uchta nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi ochildi.

Xususan, tadbirkor Alisher Sirojiddinov tomonidan Zangiota tumani Xonobod hududi Yangi Toshkent mahallasidagi o‘ziga tegishli bo‘lgan namunali hovlisida 40 o‘ringa mo‘ljallangan xonadon-bog‘cha tipida maktabgacha ta'lim muassasasi shakllantirildi. Mazkur muassasada 10 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Shuningdek, tadbirkor Nigoraxon To‘ychiyeva tomonidan Zangiota tumani O‘zgarish hududi Belariq mahallasidagi o‘ziga tegishli bo‘lgan turar joyda 60 o‘ringa mo‘ljallangan xonadon-bog‘cha tipidagi maktabgacha ta'lim muassasasi shakllantirilgan. Mazkur muassasada 15 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirildi. 

Bundan tashqari, tadbirkor Hilola Yuldasheva tomonidan Zangiota tumani Xonobod hududi  o‘ziga tegishli bo‘lgan turar joyda 150 o‘ringa mo‘ljallangan xonadon-bog‘cha tipidagi maktabgacha ta'lim muassasasi shakllantirildi. Mazkur muassasada 20 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Ushbu maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanuvchilar uchun 5 mahal SanPiN me'yorlari asosida ovqatlantirish, ingliz va rus tillari chuqurlashtirilgan holda mashg‘ulotlar tashkil etish, raqs, musiqa, sport to‘garaklari orqali bolalarni sog‘lomlashtirish ishlari tashkil etiladi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Mavzuga oid