Jahon | 08:51 / 28.03.2018
5807
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada sobiq prezident korteji o‘qqa tutildi

Foto: EPA

Braziliya sobiq prezidenti Luis Inasiu Lula da Silvaning korteji noma'lum shaxslar tomonidan o‘qqa tutildi. Bu haqda siyosatchining tvitterdagi rasmiy sahifasida xabar berilgan.

«Sobiq prezident Lula da Silvaning korteji mamlakat janubida kamida uch marta o‘qqa tutildi. Bu hodisa sobiq yetakchi Kedas-du-Iguasu va Laranjyeyras-du-Sul shaharlari o‘rtasida politsiya hamrohligisiz ketayotganida ro‘y berdi. Ikki avtobus zarar ko‘rdi, hech kim jabrlanmadi», - deyiladi xabarda.

Sobiq prezidentning fikricha, hujum uning siyosiy raqiblari tomonidan uyushtirilgan.

Ayni damda Lula da Silva 12 yil va bir oyga ozodlikdan mahrum etilgani yuzasidan apellyatsiya bergan – o‘tgan yilda Braziliya sobiq prezidentini korrupsiyada aybdor deb topishdi. Lula da Silva sud mojarolari tufayli Braziliyada 2018 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok eta olmaydi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid