Diplomatlarning chiqarib yuborilishi G‘arb bilan Suriya bo‘yicha hamkorlikka ta'sir qilmaydi – Rossiya

Foto: RIA "Novosti"
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari o‘rinbosari Mixail Bogdanovning ma'lum qilishicha, rossiyalik diplomatlarning ommaviy ravishda chiqarib yuborilishi Rossiyaning g‘arb davlatlari bilan Suriya bo‘yicha hamkorligiga ta'sir ko‘rsatmaydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
«Men bu to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq, deb hisoblamayman», - deya ma'lum qildi Bogdanov Rossiya tomoni va g‘arbdagi sheriklarning Suriya bo‘yicha hamkorligiga oid savolga javob qaytarib.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya OAV Britaniyaning Solsberi shahrida zaharlangan GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal jinoiy guruhga aloqador bo‘lgan bo‘lishi mumkin ekani haqida xabar tarqatgandi.
Mavzuga oid

01:52
Qozog‘iston rossiyalik to‘rt deputat va Davlat dumasi vitse-spikerining mamlakatga kirishini taqiqladi

18:37 / 02.05.2025
YeI rossiyalik oligarx va kompaniyalarning muzlatilgan 3 milliard yevro mablag‘ini musodara qiladi

17:49 / 02.05.2025
Rossiyaning Ukrainadagi maqsadlari o‘zgardi – CNN

11:10 / 02.05.2025