Jahon | 17:55 / 28.03.2018
6235
2 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko Belarusda Kemerovo fojiasi qurbonlariga atab motam e'lon qildi

Foto: president.gov.by

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 28 mart kuni davlat bayroqlarini tushirib qo‘yish va mamlakatda ko‘ngilochar ko‘rsatuvlarni efirga uzatmaslik haqida topshiriq berdi. Bu haqda Rosbalt xabar beryapti.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bunday qaror «Kemerovodagi fojia tufayli 28 mart kuni umummilliy motam e'lon qilingan Rossiya bilan birdamlik tariqasida» qabul qilindi.

«Respublika va mintaqaviy OAV efirida ko‘ngilochar dasturlar translyatsiyasi bekor qilinmoqda. Bundan tashqari, bunday tadbirlarni, jumladan odamlar gavjum bo‘ladigan yerlarda o‘tkazishdan tiyilish tavsiya etiladi», - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Kemerovodagi "Zimnyaya vishnya" to‘rt qavatli savdo markazidagi yong‘in 25 mart kuni ro‘y berdi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, fojia oqibatida 64 kishi halok bo‘lgan.

Bugun Kemerovoda yong‘in oqibatida halok bo‘lganlarning dafn marosimlari bo‘lib o‘tmoqda, ular shahardagi to‘rtta qabristonda dafn qilinadi. 

Yong‘in bo‘yicha ish yuzasidan besh gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Ular orasida qo‘riqlash xizmati xodimi ham bor, u, tergov ma'lumotlariga ko‘ra, yong‘in haqida signal kelib tushganida tizimni o‘chirib qo‘ygan.

Mavzuga oid