Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi «Tekstillegprom» yarmarkasida O‘zbekiston bilan 62 million dollarlik shartnomalar imzolandi
"O‘zto‘qimachiliksanoat" assotsiatsiyasining 26 ta mahalliy to‘qimachilik korxonasi 20-23 mart kunlari Moskva shahridagi «Tekstillegprom» to‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari hamda uskunalari 50-federal ulgurji yarmarkasida qatnashishdi va 62 million dollarlik shartnoma imzolashdi.
Assotsiatsiya matbuot xizmatining xabar berishicha, ko‘rgazma yakunlariga ko‘ra, 62 million dollardan ortiq summaga mahsulot yetkazib berishga doir bitim va shartnomalar imzolandi.

Moskvadagi ko‘rgazmada O‘zbekiston nomidan UzTEX Group, Sanoat Gilam, Quality Textile Production, Namangan To'qimachi, Barakas Teks, Samarqand Apparel, Orange Teks, Elegant Garnment, Sof Mega Tekstil, Ark Eko Tekstil, Zemir Teks Invest, Samarkand Euroasia Textile va sohaning boshqa kompaniyalari ishtirok etdi.

Chakana savdo korxonalari rahbarlari va yirik savdo tarmoqlari departamentlari («X5 Retail Group», «Lenta», «Ashan», «Magnit», «Bolshevik») vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi. Ular mahalliy to‘qimachilik korxonalarimiz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qilishga yuqori qiziqish bildirishdi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
14:35 / 08.05.2025