Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: AQSh bu hafta 300 mlrd dollar qarz olishi kerak
Foto: Shutterstock
Amerika Qo‘shma Shtatlari 294 mlrd dollarga teng qarzni sotishni rejalashtirmoqda. Aniqroq aytganda, G‘aznachilik departamentiga ko‘ra, shuncha miqdorda qarz olinadi. Bu esa, 2008 yilgi moliyaviy inqirozdan so‘nggi davr mobaynidagi eng ko‘p haftalik qarz olishdir.
Prezident Tramp soliqlarni kamaytirgani ortidan federal tushumlar qisqarib bormoqda. Shunga binoan hukumat o‘z majburiyatlarini bajarish uchun qarz olishdan boshqa chora topa olmayapti. Qayd o‘rinliki, Vashingtonning qarz qiymati oxirgi oylarda tezlik bilan o‘sib bormoqda, deb yozadi CNN telekanali.
"Bu hafta bozorga chiqariladigan qarz miqdori juda katta", deydi BlackRock bosh sarmoyaviy eksperti Rick Rieder.
AQSh hukumati barcha qisqa va uzoq muddatli qarzlarni qisqa muddatda savdoga qo‘ymoqda. O‘tgan hafta prezident Tramp Xitoyga qarshi “savdo urushi”ni e'lon qilib, bojlarni ko‘tarishga qaror qilgan edi. Xitoy tomoni bunga javoban “savdo urushi”da oxirigacha kurashajagini bildirgandi.
Ayni vaqtda aynan Xitoy AQShning yirik qarz beruvchisi hissoblanadi. U Amerikaning 1.17 trln dollar milliy obligatsiyalariga ega. Pekin ma'muriyati 2017 yil dekabr va 2018 yil yanvar oyida bu miqdorni 1,4 foizga kamaytirgan edi.
Mavzuga oid
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi
21:38 / 27.05.2025