Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Skripal jinoiy guruhga aloqador bo‘lgan bo‘lishi mumkin - Rossiya OAV
GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalni shaxsan tanigan rossiyalik tadbirkor Valeriy Morozovning aytishicha, sobiq josus xalqaro jinoiy guruh bilan aloqador bo‘lgan. Aynan shu uning zaharlanishiga ham sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda RIA «Novosti» xabar beryapti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Skripal jinoiy faoliyat bilan shug‘ullangan xalqaro guruhga aloqador bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Sobiq polkovnik go‘yoki axborot xavfsizligi bilan ishlashi haqida aytib o‘tgan.
«Bu, katta ehtimol bilan, siyosiy josuslikka aloqadordir. Ehtimol, u yerda ichki qandaydir mojarolar yuz bergan», - deya ma'lum qilgan Morozov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, «hammasi xalqaro jinoiy xabga aylanib ketgan, hammasi siyosat bilan bog‘liq».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Skripalning onasi o‘g‘li zaharlanganini bilmacligi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025