AQSh davlat departamenti Toshkent konferensiyasi bo‘yicha bayonot berdi
AQSh davlat departamenti rasmiy vakili Hizer Noyyert Afg‘oniston masalasi bo‘yicha Toshkent konferensiyasiga izoh berib o‘tdi. AQSh elchixonasining Facebook'dagi sahifasi orqali shu mazmundagi video taqdim etildi. Unda Noyyert xonim matbuot brifingini AQSh davlat kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Tomas Shennonning O‘zbekistonga tashrifi to‘g‘risidagi bayonotdan boshlaganini ko‘rish mumkin.
"Shennon Toshkentda bo‘lib o‘tgan Afg‘oniston masalasi bo‘yicha "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik" mavzuidagi xalqaro konferensiyada AQSh delegatsiyasiga boshchilik qildi. Anjumanda 27 davlat va xalqaro tashkilot vakillari qatnashishdi. Ular Afg‘oniston rahbariyatiga tinchlik jarayoni yo‘lida hamfikr ekanliklarini namoyish etishdi.
28 fevral kuni bo‘lib o‘tgan "Kobul jarayoni" konferensiyasiga asoslanib, barcha delegatsiyalar vakillari Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘anining mamlakatdagi mojaroni tinch muzokaralar yo‘li bilan tartibga solish va yarashish jarayoniga qo‘shilishga doir taklifini ma'qullashdi.
Jahon hamjamiyati "Tolibon" o‘zining zo‘ravonlik harakatlarini to‘xtatish uchun mas'ul, degan fikrni birdek yoqlaydi hamda Afg‘onistonning saylangan hukumati bilan tinchlikni muhokama qilishga tayyorlikni namoyon etishga chaqiradi. Konferentsiya yakunida ishtirokchilar Toshkent deklaratsiyasini qabul qilishdi. AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Tomas Shennon O‘zbekiston prezidenti va tashqi ishlar vaziri bilan samarali uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu muloqotlar mehmondo‘stlik va samimiylik ruhida o‘tdi.
Shuningdek Shennon Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani va boshqa qator delegatsiyalar vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi. AQSh tinchlikka erishish yo‘lida Afg‘oniston hukumatini qo‘llab-quvvatlaydi va Markaziy Osiyodagi qo‘shni mamlakatlar rahbarlarining bu boradagi sa'y-harakatlarini yuksak baholaydi", - dedi Noyyert.
Mavzuga oid

10:47 / 07.04.2025
Prezident yana bir bor Ukraina, Yaqin Sharq va Afg‘oniston masalasiga e’tibor qaratdi

13:53 / 05.04.2025
O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Rossiya elchisi bilan uchrashdi

14:12 / 04.04.2025
«Dunyo Afg‘oniston hududidan kelayotgan tahdidlarga yetarlicha baho bermayapti» - Shavkat Mirziyoyev

18:19 / 31.03.2025