Import bojxona bojlari va aksiz solig‘i qayta ko‘rib chiqiladi
Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada tartibga solishga doir chora-tadbirlar loyihasi Qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimi portalida joylashtirilgan.
Norma’ning yozishicha, milliy ishlab chiqaruvchilar va iqtisodiyotning ta'sirchan sektorlariga salbiy ta'sirini yo‘qotish maqsadida bojxona bojlari stavkalarini maqbullashtirish ishlab chiqilgan hujjatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan olib kirilayotgan aksiz to‘lanadigan tovarlarga import bojxona bojlari va aksiz solig‘ining yangi stavkalarini tasdiqlash taklif etilmoqda.
Ma'lumot uchun: mamlakatga olib kirilayotgan aksiz to‘lanadigan tovarlarga import bojxona bojlari va aksiz solig‘ining amaldagi stavkalari 2017 yil 1 oktabrdan qo‘llanmoqda (aksiz solig‘ining bitta stavkasi 2018 yildan joriy etildi).
Shu bilan bir qatorda mamlakatimizning JSTga a'zo bo‘lishi doirasida keng miqyosdagi norma yaratish ishlarini boshlash ko‘zlanmoqda. Xususan, quyidagi hujjatlarni ishlab chiqish rejalashtirilmoqda:
• Subsidiyalar va kompensatsiya choralarini qo‘llash sohasidagi nizom. Bunda savdo shartlariga ta'sir etishiga hamda JSTning Subsidiyalar va kompensatsiya choralari bo‘yicha bitimi doirasida qo‘llash mumkinligiga qarab subsidiyalarni belgilash, ularni tasniflashga alohida e'tibor beriladi;
• Xalqaro standartlarga muvofiq Intellektual mulk huquqlarini huquqbuzarliklardan himoyalovchi yuqori standartni ta'minlash chora-tadbirlari rejasi.
• Qabul qilingan JST normalari va qoidalariga muvofiq yangi tahrirdagi «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida»gi Qonun.
• O‘zbekiston hududida import operatsiyalarini amalga oshirishda sanitariya-karantin, fitosanitariya nazorati va veterinariya nazoratini amalga oshirishga doir chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi Notarif tartibga solish to‘g‘risidagi hujjat.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
Mavzuga oid

15:16 / 04.04.2025
Tramp bojlarining O‘zbekistonga ta’siri ko‘proq bilvosita xarakterga ega bo‘ladi - ekspertlar

14:43 / 03.04.2025
AQShda favqulodda holat: Tramp butun dunyoga savdo urushi e’lon qildi

14:23 / 03.04.2025
AQShning yangi bojlari O‘zbekistonga qanday ta’sir qiladi?

09:19 / 03.04.2025