Jahon | 21:10 / 29.03.2018
10971
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda muzni portlatish ishlari sababli odamlarga jarohat yetdi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Malgavko

Qozog‘istonning Semey shahrida Irtish daryosidagi portlatish ishlari sababli o‘nlab kvartiralar oynalari chil-chil bo‘lib, bir necha kishiga jarohat yetgan.

Ma'lum qilinishicha, portlash soat 14:47’da amalga oshirilgan. Bu vaqtda ko‘pchilik ishda bo‘lgan va shu sababli jiddiy oqibatlardan qochishga muvaffaq bo‘lingan. Biroq bir necha kishi kesik va tirnalish jarohatlari olgan, kimnidir yuragi yomon bo‘lib qolgan. Bir bola shifoxonaga joylashtirilgan.

Yaqin atrofdagi uylar aholisi portlashni videoga olgan.

Irtishni muzdan tozalash maqsadida portlatish ishlarini olib borgan “Vostokvzrivprom” korxonasida jurnalistlarga ishlar barcha qoidalarga amal qilingan holda o‘tkazilgani ma'lum qilingan. Ta'kidlanishicha, Semey akimati portlash ishlaridan xabardor bo‘lgan va bu haqda mahalliy aholini oldindan ogohlantirishi lozim edi.   

Mavzuga oid