Olimlar Yerga qulayotgan Xitoy stansiyasini suratga olishdi

Foto: Tenagra Observatories
Astronomlar Xitoyning «Tyangun-1» harakatda bo‘lmagan kosmik stansiyasini suratga olishdi, u yaqin kunlar ichida Yerga qulashi kerak. Stantsiya 2011 yilning 29 sentabr kuni «Chanchjen-2F» modernizatsiya qilingan raketa-tashuvchisi yordamida uchirilgan edi. Stantsiya massasi 8,5 tonnani tashkil etadi, o‘lchami 3,4 metrga 10.
Italiyaning Virtual Telescope Project robotlashtirilgan teleskopi loyihasida ishtirok etayotgan astronomlar stansiyani 28 mart kuni ertalab suratga olishdi. Fotosuratda stansiya yorqin dog‘ kabi ko‘rinishga ega, bu quyosh nuri aks etgani tufayli yuz bergan. «Stantsiyani suratga olish juda qiyin vazifa bo‘ldi», - deyiladi loyiha saytida. Murakkablik katta burchak tezligiga aloqador, stansiya osmonda daqiqasiga 18 darajalik tezlik bilan harakatlanmoqda.
Suratga olish paytida stansiya 220 kilometrlik balandlikda bo‘lgan. So‘nggi hisob-kitoblarga ko‘ra, u atmosferaga kirishi va 31 mart hamda 1 aprel o‘rtasidagi vaqt oralig‘ida yonib ketishi kerak.
Mavzuga oid

21:05 / 18.04.2025
Xitoy josuslik va kiberhujumlar orqali Rossiyaning o‘nlab qurollaridan nusxa ko‘chirgan

22:36 / 17.04.2025
Zelenskiy Xitoyni Rossiyaga qurol yetkazib berishda aybladi

12:53 / 17.04.2025
Xitoy Rossiyaning yana bir loyihasini rad etdi

12:46 / 17.04.2025