Jamiyat | 17:46 / 29.03.2018
13204
2 daqiqa o‘qiladi

Zangiota tumanida ko‘p tarmoqli shifoxona va yangi tug‘uruqxona ochildi

Foto: Zangiota tumani hokimligi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida Navro‘z bayrami arafasida ko‘p tarmoqli shifoxona va yangi tug‘uruqxona foydalanishga topshirildi. Bu haqda tuman hokimligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Zangiota tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 90 o‘rinli tug‘uruq majmuasi, 30 o‘rinli shoshilinch yordam bo‘limi, 20 o‘rinli rejali jarrohlik bo‘limi, 20 o‘rinli kardiologiya, 20 o‘rinli nevrologiya va 30 o‘rinli terapiya bo‘limi to‘liq ish faoliyatini boshladi.

Shifoxonaning ochilish marosimida shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga 6ta “Damas” rusumli avtomashina ham topshirildi.

Foto: Zangiota tumani hokimligi

Ta'kidlab o‘tish joizki, Zangiota tumanida shu paytga qadar 337 o‘rinli 2ta shifoxona, 12ta ambulatoriya-poliklinika muassasasi, jumladan 5ta QVP va 6ta QOP hamda 1ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika va 1ta tez tibbiy yordam markaziy stansiyasi hamda uning 8ta shoxobchasi tuman aholisiga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.

Foto: Zangiota tumani hokimligi
Foto: Zangiota tumani hokimligi

Mavzuga oid