Sport | 11:02 / 30.03.2018
15632
2 daqiqa o‘qiladi

Raqibiga jarohat yetkazgan futbolchi u tuzalmaguncha maydonga tushmaydi

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shtati chempionatida “Botafogo” va “Vasko da Gama” uchrashuvi “Botafogo” o‘yinchisi Joau Pauluning jiddiy jarohat olishi bilan kechdi. Uchrashuvning 3-daqiqasida Pauluning raqib jamoa futbolchisi Rildo bilan kurash vaqtida oyog‘ining ikki joyi sindi. Rildo bu qo‘polligi uchun faqat sariq kartochka bilan jazolandi. Raqibi esa maydonni zambillarda tark etib, shifoxonaga jo‘natildi.

Rio-de-Janeyro sudida Rildoga berilgan jazo yetarlichamas deb topilib, unga misli ko‘rilmagan jazo tayinlandi: futbolchiga Paulu tuzalib ketmaguncha yoki maksimal muddat – 180 kunga maydonga tushish taqiqlandi. Shifokorlarning taxminicha, Paulu mashg‘ulotlarga yarim yildan keyingina qayta olishi mumkin. 

Rildo o‘ziga chiqarilgan jazoni shifoxonaga Pauluni ko‘rgani borgani haqidagi vajlar bilan yumshatmoqchi bo‘lgan, biroq bu sudyalarga ta'sir ko‘rsatmagan. Ular futbolchiga 2015 yilda ham raqib jamoa darvozaboni boshini yorganini eslatib qo‘yishgan. 

Mavzuga oid