O‘zbekiston hududida zilzila qayd etildi
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma'lumotiga ko‘ra, 30 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:54da O‘zbekiston Respublikasi hududida yer silkinishi qayd etildi. Zilzila markazi Toshkent shahridan 360 km uzoqlikda janubiy yo‘nalishda Tojikiston Respublikasi hududida qayt etilgan. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.
Zilzila magnitudasi markazda 5,8 ballni tashkil etgan. Zilzila kuchi Toshkent shahrida 2 ball, Samarqandda 2 ball, Sirdaryoda 2 ball, Farg‘onada 2 ball, Namanganda 2 ball, Andijonda 2 ball, Jizzaxda 2 ball, Qashqadaryoda 2 ball, Surxondaryoda 2-3 ballni tashkil etdi.
O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmagan. Talafotlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma'lumot kelib tushmagan.
Mavzuga oid
10:55 / 22.09.2024
Katta Chimyon tog‘ida adashib qolgan to‘rt kishi qutqarildi
17:03 / 11.09.2024
Boysundagi kondan chiqayotgan gaz yaqin kunlarda jilovlanadi - FVV
13:40 / 06.09.2024
Rossiya FVV rahbarining sobiq o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
18:11 / 05.09.2024