Ichki ishlar vazirligida Human Rights Watch vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasida Human Rights Watch ofisining Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Stiv Sverdlov va xalqaro tashkilot ofisining Qozog‘iston Respublikasi bo‘yicha maslahatchisi Viktoriya Kim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i, general-mayor Qutbidin Burxonov qabul qildi. General-mayor Q.Burxonov O‘zbekistonda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jabhalarda keng ko‘lamli islohotlar, yangilanishlar amalga oshirilayotganini ta'kidladi. Xalq farovonligi, yurt tinchligini ta'minlashga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini to‘laqonli va samarali himoya qilishga qaratilgan mazkur islohotlar natijasi, avvalo, mamlakat ichki ishlar organlari faoliyatida yaqqol ko‘zga tashlanayotganini qayd etdi.

O‘z navbatida, Stiv Sverdlov O‘zbekistonda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar doirasida muhim ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanayotgani va bu jahon hamjamiyati tomonidan e'tirof etilayotganini ta'kidladi. Suhbat chog‘ida yana bir qator dolzarb masalalar muhokama qilingan.
Mavzuga oid

20:32 / 18.05.2025
Bir oyda 590 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi - IIV

18:26 / 15.05.2025
IIV taqdim etadigan ayrim xizmatlar elektron shaklga o‘tkaziladi

14:22 / 13.05.2025
IIV: Mubashshir Ahmad Turkiyadan deportatsiya qilinib, qamoqqa olindi

10:06 / 21.04.2025