Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bog‘chaga farzandni joylashtirish xizmatlari ham Davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi
2018 yil 1 apreldan boshlab, Bolalarni davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari olish uchun jismoniy shaxslar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi. Bu haqda bolalarni davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarorida shunday deyiladi.
Ushbu qarorga ko‘ra, yo‘llanmalar muassasalarda o‘rinlar bo‘shagan kuni navbatga muvofiq rasmiylashtiriladi. Bunda imtiyozli ro‘yxatga kiritilganlar bo‘yicha yo‘llanmalar umumiy ro‘yxatga kiritilganlarga nisbatan birinchi navbatda rasmiylashtiriladi.
Shuningdek, nogiron bo‘lgan shaxslarning bolalari; uch nafar yoki undan ko‘p bolalari bo‘lgan oilalarning bolalari; harbiy xizmatchilarning va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining bolalari; talabalar va pedagoglarning bolalari; yetim bolalar yoki ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar; boshqa muassasalardan o‘tkazilgan bolalar; akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalar imtiyozli ro‘yxatga kiritiladi.
Qarorda ta'kidlanishicha, bolalarni muassasaga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
14:05 / 10.03.2025
Davlat xizmatlarini tuman kesimida baholash tizimi – bu odamlarga nima beradi?
12:38 / 24.12.2024
Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar va yengilliklar ma’lum qilindi
15:53 / 17.12.2024
Davlat xizmatlari sohasidagi rejalar bo‘yicha ma’lumot berildi
09:54 / 12.12.2024