Moskvada «Cabex 2018» kabel-sim mahsulotlari xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Shu yilning 18-22 mart kunlari Moskvada «Cabex 2018» kabel-sim mahsulotlari 17-Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekistonning «O‘zeltexsanoat» AK tarkibiga kiruvchi ProCab kompaniyasi ham ishtirok etdi.

«Cabex - 2018» - Rossiyada o‘tkaziladigan kabel-sim mahsulotlarining yagona ko‘rgazmasidir. Rossiyalik va xorijiy ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar uchun Cabex yangi mijozlarni jalb qilish, savdo geografiyasini kengaytirish va mahsulotlarini Rossiya bozoriga kiritish uchun qulay bo‘lgan biznes maydoncha hisoblanadi.

Bu yilgi ko‘rgazmada dunyoning 9ta (Rossiya, Belarus, Italiya, Xitoy, Serbiya, Sloveniya, Turkiya, O‘zbekiston, Fransiya) mamlakatidan tashrif buyurgan 154ta kompaniya ishtirok etdi.
Ko‘rgazmaning ishbilarmonlik dasturi asosida «Kabellarni qayta ishlash, kabel sanoatida birlamchi va ikkilamchi materiallar» mavzusida konferensiya o‘tkazildi.

Ko‘rgazma davomida, ProCab kompaniyasi yangi kabel-sim mahsulotlarini taqdimot qilish bo‘yicha tashkil qilingan konferensiyada ishtirok etdi. Unda zavod tomonidan ishlab chiqariladigan, turli texnik xususiyatlarga ega bo‘lgan 1,5 ming turdagi kabel-sim mahsulotlari assortimenti taqdim qilindi. Ularni eksport qilish masalasi bo‘yicha mijozlar bilan muzokaralar o‘tkazdi. Xususan, uning mahsulotlariga Rossiya, Ozarboyjon, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston mamlakatlari ishlab chiqaruvchilari qiziqish bildirishdi. Gruziya kompaniyalari bilan shartnoma tuzildi, Rossiyaning «Giprogortsvetmet» kompaniyasi bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Bundan tashqari, to‘liq ishlab chiqarish sikliga ega bo‘lmagan boshqa kabel-sim zavodlari bilan ham kelishuvga erishildi. Endi ProCab ularga murakkab turdagi kabellarni yarimtayyor holatda yetkazib beradigan bo‘ldi. Bu mahsulotlarga bo‘lgan qiziqishning juda katta ekani qayd qilindi.

ProCab kompaniyasi vakillari xorijiy hamkorlar bilan yaqindan tanishib, mahalliy bozorni va eksport shartnomalarini imzolash imkoniyatlarini chuqur o‘rganishdi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

17:53 / 14.10.2019
Sifatli kabel va mis mahsulotlari kafolati - ProCab 7 yoshda

20:05 / 29.09.2018
Toshkentda ProCab mahsulotlari taqdimoti bo‘lib o‘tdi

08:24 / 22.03.2018
ProCab O‘zbekiston - Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasi o‘zbek xalqini Navro‘z bayrami bilan qutlaydi!

09:40 / 01.09.2017