Fan-texnika | 18:00 / 01.04.2018
15471
2 daqiqa o‘qiladi

Xiaomi «aqlli» soatlari sotuvlariga start berildi 

Xiaomi kompaniyasi o‘zining Amazfit Smart Sports Watch 2 soatlari taqdimotini o‘tkazdi. "Aqlli" soatlar sport bilan shug‘ullanuvchi va faol turmush tarziga rioya qiluvchi kishilar uchun ayni muddao. Qurilma sotuvlariga start berildi.

Foto: Xiaomi 

Ma'lumotlarga ko‘ra, Xiaomi Amazfit Smart Sports Watch 2 displeyi yoqut shisha bilan himoyalangan. Qolgan qismi  zanglamaydigan 316L po‘latdan ishlangan mustahkam korpus bilan qoplangan. Shu tariqa ishlab chiqaruvchilar IP68 standartiga muvofiq nam va changdan himoyalanishga erishishgan. 

Foto: Xiaomi 

Qurilmani turli ish rejimlariga sozlash mumkin. U foydalanuvchiga 11 turli sport shablonini taqdim eta oladi. Devaysni shu tariqa yugurish, suzish, triatlon, alpinizm, piyoda sayr qilish va boshqalarga sozlash mumkin. Shuningdek qulaylik uchun soatlarning apparat platformasiga GPS-moduli kiritilgan.

Foto: Xiaomi 

Amazfit Smart Sports Watch 2 me'yoriy rejimda qo‘llanilsa, uning batareyasi zaryadi taxminan 5 kunga yetadi. Qurilmadan faol foydalanilganda esa uning akkumulyatori 35 soatgacha ishlaydi. 

 

Mavzuga oid