Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bunday qadamlar e'tiborsiz qoldirilmaydi». Rossiya Britaniyadagi savdo vakolatxonasi yopilishiga izoh berdi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Rossiyaga nisbatan har bir nodo‘stona qadam e'tiborsiz qolmaydi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Moskvada Rossiyaga nisbatan qo‘yilayotgan har bir nodo‘stona qadam jiddiy tarzda tahlil qilinmoqda, hamda ushbu qadamlarning har biri keyinchalik javobga sabab bo‘ladi, u tegishli tarzda bildiriladi. Shuning uchun shoshmaymiz. Moskvada bunday qadamlar e'tiborsiz qoldirilmaydi», - deya aytib o‘tdi Peskov. U Skripal ishi tufayli Londonda Rossiya savdo vakolatxonasi yopilishi bo‘yicha savolga shunday javob qaytargan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov RFning Skripal ishiga hech qanday aloqasi yo‘q ekani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025