Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada 3 aprelda ish tashlash sababli tezyurar poyezdlar qatnovi bekor qilinadi
Fransiya temir yo‘llari ishchilarining ommaviy ish tashlashi TGV tezyurar poyezdlarida amalga oshiriluvchi 88 foiz reyslarning bekor qilinishiga olib keladi. Bu haqda milliy temir yo‘l kompaniyasi SNCF rahbariyati ma'lum qildi.
Taxmin qilinishicha, ish tashlashda umumiy hisobda SNCF’ning 77 foiz mashinistlari ishtirok etadi. Ish tashlashga nazoratchilar, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar va kompaniya ofisidagi xodimlar qo‘shilishadi. Shu kuni TGV tezyurar poyezdlarining 88 foizi, Intercite shaharlararo reyslarning 87 foizi, TER hududiy elektr poyezdlarining 70 foizgachasi bekor qilinadi.
Ish tashlash, shuningdek, Fransiya hududi bo‘ylab o‘tuvchi xalqaro tezyurar reyslar ishiga ham ta'sir ko‘rsatadi.
SNCF’da ta'kidlanishicha, yo‘lovchilar bekor qilinadigan reyslarga avval bronlangan chiptalarni boshqa sanadagi chiptalarga almashtirishlari yoki pullarini qaytarib olishlari mumkin bo‘ladi.
Ish tashlash ikki kun – 3 va 4 aprelda davom etishi rejalashtirilmoqda.
Oxirgi yillarda fransiyalik temir yo‘lchilarning eng yirik ish tashlashiga Fransiya hukumati tomonidan taklif qilingan islohotlar loyihasi sabab bo‘lmoqda. Taklif qilingan choralar orasida temir yo‘llarning imtiyozlarga ega ma'lum maqomdagi ishchilarining oddiy yollanma ishchilarga tenglashtirilishi bor.
Bunga javoban kasaba uyushmalar apreldan boshlab 2 oylik ish tashlash o‘tkazishmoqchi. Ish tashlovchilar 5 kunlik ish haftasidan 2 kunida ish tashlashlari rejalashtirilmoqda. Umumiy hisobda ish tashlash 36 kun davom etadi va iyun oxirigacha tugashi kerak.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025