Jahon | 08:45 / 02.04.2018
9399
2 daqiqa o‘qiladi

London qotilliklar bo‘yicha ilk bor Nyu-Yorkni ortda qoldirdi – OAV

Foto: TASS

London oxirgi ikki oy – fevral-mart natijalariga ko‘ra ilk bor zamonaviy tarixda qotilliklar soni bo‘yicha Nyu-Yorkni ortda qoldirdi. Bu haqda The Independent on Sunday nashri xabar bermoqda

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Londonda qotilliklar soni keskin oshishi kuzatilmoqda. Fevralda Londonda 15 ta, Nyu-Yorkda esa 14 ta qotillik sodir etilgan. London bu ko‘rsatkich bo‘yicha AQShning eng yirik shahrini martda ham ortda qoldirdi: 22 ta qotillikka 21 ta qotillik. 

Sovuq qurol ishlatilgan holda sodir etiluvchi jinoyatlar hozirda Angliya va Uelsda 2011 yildan beri maksimal darajada bo‘lmoqda, u o‘tgan yil 12 foizga oshgan.

London va Nyu-York shaharlarning ma'muriy chegaralari hisobga olinsa, aholisi soni bo‘yicha deyarli teng (mos ravishda, 8,8 va 8,6 mln kishi). Biroq Nyu-York o‘z atrofidagi hududlar bilan hisoblansa, aholisi Londonnnikidan ancha ko‘proqni tashkil qiladi. 

Shu bilan birga London an'anaviy ravishda Nyu-Yorkka nisbatan xavfsizroq shahar hisoblanadi. O‘tgan yil natijalariga ko‘ra, Londonda sodir etilgan qotilliklar soni Nyu-Yorkdagidan 2 barobar kam bo‘lgan.

Mavzuga oid