Sport | 11:15 / 02.04.2018
20246
1 daqiqa o‘qiladi

Nurmagomedov Fergyusonga vaysamaslikni maslahat berdi

Foto: Getty Images

Aralash yo‘nalish bo‘yicha rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov amerikalik Toni Fergyusonning jarohatiga izoh berdi. Ular UFC 223 musobaqasida 70 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida chempionlik kamari uchun o‘zaro jang o‘tkazishlari kerak edi.

«Toni, tezroq sog‘ayib ket. Senga maslahat bermoqchiman: ko‘p vaysama. Odamni boshida, albatta, ko‘p fikrlar bor, men senga o‘xshamayman, umid qilamanki, bu holat senga tilingni nazorat qilishga o‘rgatadi», - deya yozgan Nurmagomedov instagramdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toni Fergyuson Habib Nurmagomedovga qarshi 7 aprel kuni UFC 223 musobaqasi doirasida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan jang bekor qilingani uchun uzr so‘ragandi.

 

Mavzuga oid