“Taslim bo‘lma” aksiyasining dastlabki natijasi: dori-darmonlar olinib, bemorlarga tarqatildi (videoreportaj)
Har yili dunyo bo‘ylab minglab inson leykoz kasalligiga chalinadi. Garchi zamonaviy tibbiyot shiddat bilan rivojlanayotgan bo‘lsa-da, bu dard bilan og‘riyotganlar soni oshib bormoqda. Toshkentda joylashgan Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti shifoxonasida ham ana shunday kasallikka chalinganlar davolanadi. KUN.UZ tahririyati tomonidan shu yerda davolanayotganlarga yordam berish, ular uchun zarur dori-darmonlar ulashish maqsadida “Taslim bo‘lma” xayriya aksiyasi o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu aksiyaning tashkil etilganiga ko‘p bo‘lmadi, ammo yurtdoshlarimiz tomonidan kerakli moddiy yordam ko‘rsatilmoqda. Quyida va'da berganimizdek, 10 kun oralig‘ida yig‘ilgan pullar va ularning sarfi haqida kichik hisobot berishni joiz topdik.
YouTube

Tas-IX
Jumladan, joriy yilning 20 martidan 29 martiga qadar o‘zbekistonlik yurtdoshlarimizdan “Agrobank” hisobiga 8 millionga yaqin pul tushdi. Shundan 8 150 000 so‘m mablag‘ga dori-darmonlar olindi.
Bundan tashqari, Rossiyadagi yurtdoshlarimizdan xuddi shu vaqt oralig‘ida 2798 rubl kelib tushdi.
PayPal tizimidan xorijdagi yurtdoshlarimiz tomonidan jami 262.58 dollar yig‘ilgan.
Shuningdek, xayriya aksiyasi uchun deb KUN.UZ ofisiga naqd pulda 410 ming so‘m olib kelib berishdi.
Jami yig‘ilgan 11 500 000 so‘mlik mablag‘ yoniga KUN.UZ tahririyati ham imkoni darajasida qo‘shimcha pul qo‘shib, jami 15 mln so‘mlik dori-darmon olib, ularni bemorlarga topshirdi.

8 150 000 ga dori darmon olindi.

20-29 mart oralig‘ida jami 2798 r.

shu vaqt ichida jami 262.58 dollar
10 kun ichida 15 million so‘m mablag‘ yig‘ildi. Aslida, bu kabi dard bilan davolanayotgan bemorlar uchun bu yig‘ilgan pullar hech narsa bo‘lmaydi. Nari borsa, to‘rt-besh nafar bemorning bir haftalik dori-darmoni uchun sarf bo‘ladi.
Albatta, Alloh huzurida har qanday yaxshilik, xayr-ehson, katta baholanadi va bu ishning savobini o‘zi ziyoda qilib beradi. Biz esa ushbu xayriya aksiyasida faollashsak nur ustiga a'lo nur bo‘lardi. Chunki bemorlar bilan suhbatlashar ekanmiz, ularning yakkayu yagona maqsadi sog‘ayib ketish, oilalari bag‘riga salomat qaytish ekanligiga guvoh bo‘ldik. Ular ichida tog‘ni ursa talqon qiladigan yigitlardan tortib, hali ko‘z ochib dunyoni anglamagan go‘daklargacha bor. Aksarlari, viloyatlardan kelishgan, sharoitlari og‘ir, uzoq davolanish uchun yetarli mablag‘ va dori-darmonga muhtoj insonlar.
Dorilarni olgan bemorlar xursand bo‘ldi. Biroq yana bir qanchasi ortimizdan umidvor bo‘lib qoldi. Aziz yurtdosh, hazrati inson, barchasiga o‘zingiz guvohsiz. Ular taslim bo‘lmayapti! Bu insonlar, hatto go‘daklargacha, kurashishyapti. Bu yo‘lda ularga sizning yordamingiz kerak! Bee'tibor bo‘lmasligingizni, faollashgan holda ularni yana bir bor qo‘llab-quvvatlashingizni so‘rab qolamiz!
Mavzuga oid

15:18 / 06.03.2025
“Ezgu Amal” jamg‘armasi yangilangan nizomini e’lon qildi

15:30 / 03.02.2025
O‘zbekistonda “Ona uyi” xayriya loyihasi taqdimoti o‘tkazildi

13:54 / 31.01.2025
AQShda qorbo‘ronli havoda pitssa tashigan kurerga 2 dollar choychaqa berishganidan so‘ng internetda unga 40 ming dollar xayriya yig‘ildi

20:35 / 30.12.2024