Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp muhojirlarni deportatsiyadan himoyalovchi dastur yopilganini e'lon qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp noqonuniy muhojirlarni deportatsiyadan himoyalovchi dastur DACA yopilganini e'lon qildi va Meksikadan AQSh bilan chegarasi xavfsizligini ta'minlashni talab qildi.
AQShning avvalgi prezidenti Barak Obama ma'muriyati tomonidan kiritilgan dastur AQSh hududiga bolalik chog‘ida noqonuniy olib kirilgan muhojirlarni AQShdan chiqarilib yuborilishdan vaqtinchalik himoya qilgan. Kongressda Respublikachilar va Demokratlar partiyalari dasturning kelajagi bo‘yicha kelisha olishmayapti. Trampning o‘zi ham avval dasturga qarshi chiqqan, so‘ngra uning muvaffaqiyatsizligida demokratlarni ayblab, bir necha bor pozitsiyasini o‘zgartirgan.
“DACA o‘ldi, chunki demokratlar harakat qilishmadi. Dastur boshqa ishlamaydi. Biz devor qurishimiz va chegaralarimizni tegishli qonun bilan mustahkamlashimiz kerak. Demokratlar chegaralar bo‘lmasligini istashmoqda, axir aynan shu yerdan giyohvand moddalar va jinoyatchilik keladi-ku!”, deb yozgan Tramp tvitterda.
Trampning aytishicha, Meksikada AQShga kelishi mumkin bo‘lgan noqonuniy muhojirlar “karvonlarini” to‘xtatish imkoni bor. “Meksika ularni shimoliy chegarasida to‘xtatishi kerak. Ular buni qila olishadi, chunki ularda chegara qonunlari ishlaydi”, deb qo‘shimcha qilgan Tramp.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025