Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda Tojikiston bilan chegaradagi madrasaga aviazarba berildi, o‘nlab qurbonlar bor
Afg‘onistonda toliblar bilan kurash olib borayotgan harbiy-havo kuchlari Tojikiston bilan chegaradagi Kunduz viloyati Dasht-a-Archi tumanidagi madrasaga aviazarba berdi. Bu haqda Tolonews mahalliy telekanali xabar qilmoqda.
Viloyat kengashi xabariga ko‘ra, hujum oqibatida taxminan 50 kishi halok bo‘ldi. Uning ma'lumotlariga qaraganda, halok bo‘lganlar orasida – ko‘plab toliblar va mahalliy aholi vakillari.
Pajhwok axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, kamida 20 nafar inson mahalliy shifoxonaga olib ketildi.
Aviazarba paytida binoda 200dan ortiq kishi bo‘lgan, jumladan «Tolibon» oliy kengashi a'zolaridan biri ham. Havo hujumi davomida madrasa binosi butunlay vayron bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:57 / 23.08.2024
O‘zbekiston Afg‘onistonda 6 million dollarga madrasa quradi
08:43 / 05.04.2024
Toshkentdagi Abdulqosim Eshon madrasasiga hojatxona qurib olingani aniqlandi
12:14 / 24.11.2023
HAMAS harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondoni aviazarba oqibatida halok bo‘ldi
08:03 / 01.03.2023