Falcon 9 raketasi Dragon kemasi bilan fazoga uchirildi

Foto: SpaceX
Floridadan Falcon 9 raketa-tashuvchisi Xalqaro koinot stansiyasi uchun yuk yetkazuvchi Dragon kemasi bilan birga uchirildi.
Raketa Kanaveral burnidagi kosmodromdan 3 aprelda Toshkent vaqti bilan soat 1.30da uchirilgan.
Yuk kemasi XKS bilan 4 aprelda tutashi belgilangan. Kema XKSga 2,6 tonna yuk, jumladan birinchi zaruratdagi buyumlar va oziq-ovqat yetkazadi.
Raketaning avval ishlatilgan birinchi pog‘onasi parvoz startidan 3 daqiqa o‘tgach, 11 daqiqa o‘tgach esa yuk kema muvaffaqiyatli ajralgan.
SpaceX 2017 yildan beri raketalar parvozida avval ishlatilgan birinchi pog‘onani qo‘llamoqda, biroq uni keyingi urinishda saqlab qolmayapti. SpaceX ushbu parvozda 2017 yil avgustda uchirilgan raketaning birinchi pog‘onasidan foydalandi. Shuningdek, Dragon kemasi ham 2016 yil aprelda koinotda bo‘lib qaytgan.
Mavzuga oid

19:25 / 18.03.2025
Xalqaro kosmik stansiyada 9 oy qolib ketgan astronavtlar Yerga qaytmoqda

17:05 / 16.03.2025
SpaceX kemasi XKSga muvaffaqiyatli ulandi

02:02 / 31.01.2025
Amerikalik astronavtlar XKS bortidan yana ochiq kosmosga chiqdi

23:02 / 16.01.2025