Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilk marta qizlarni texnologiyalar sohasiga jalb qilishga yo‘naltirilgan ta'lim dasturi o‘tkaziladi
10 aprel kuni Toshkent shahridagi INXA Universitetida birinchi marta qizlar salohiyatini oshirish va ularni texnologiyalar sohasiga jalb etishga qaratilgan “DigiGirlz” ta'lim dasturi bo‘lib o‘tadi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmatida shu haqida ma'lum qilindi.
Dasturda 12 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan qizlar ishtirok etishi mumkin. Qiziqish bildirgan qizlar 2018 yilning 6 apreliga qadar digigirlz.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
“DigiGirlz” – Microsoft korporatsiyasining qizlar uchun ilm-fan, texnologiya, muhandislik ishi va matematika sohalarida ta'limga investitsiya dasturidir. Dastur global iqtisodiyotning chaqiruvi va muammolariga tayyor bo‘lgan kelajak xodimlarini tayyorlash uchun mo‘ljallangan.
Ta'lim dasturi ikki blokdan iborat bo‘ladi. Birinchi bo‘limda ishtirokchilar stereotiplarni sindirib, ayollar uchun noan'anaviy bo‘lgan texnologiya sanoatida karera qilgan Microsoft korporatsiyasi vakillari va mutaxassislarining ma'ruzalarida ishtirok etishadi. “DigiGirlz”ning ikkinchi qismi qizlarga axborot texnologiyalari sohasi hayajonli va qiziqarli bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib beruvchi amaliy mashg‘ulotlardan iborat bo‘ladi.
Mavzuga oid
10:48 / 24.04.2025
YouTube'dagi birinchi video 20 yoshga to‘ldi
09:03 / 21.04.2025
iPhone 17 Pro g‘ilofi suratlari smartfon kamerasi dizaynini oshkor qildi
20:48 / 16.04.2025
Rossiyada dirijabllar davri qaytgani e’lon qilindi
17:30 / 29.03.2025