Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml Rossiyada zaharlovchi moddalar ishlab chiqilayotgani haqidagi xabarlarga izoh berdi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya hududida zaharlovchi moddalar ishlab chiqarilayotgani haqida tarqalgan xabarlarni asossiz deb atadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «bu juda favqulodda darajaga chiqarib yuborilgan» masala.
«Bu yerda bitta narsa aniq bo‘lib qolmoqda: Rossiya tomoni boshidan beri unga kerakli ma'lumot taqdim etishni so‘rab keldi, ushbu hodisa tafsilotlarini aniqlashtirishda ishtirok etishdan manfaatdor ekanini bildirdi», - deya aytib o‘tdi Peskov.
Uning ta'kidlashicha, Rossiya tomoniga minimal ma'lumotda ham rad javobi berilgan.
«Bu hammaga ma'lum bo‘lgan narsa. Qolgan barchasi shunchaki asossiz narsalar», - deya xulosa qilgan Peskov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml yana Skripal ishi bo‘yicha bayonot bergandi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025