Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Server Jyeparov Xavi bilan bir jamoada to‘p surishi mumkin
Eronning «Istiqlol» klubi hujumkor yarimhimoyachisi Server Jyeparov faoliyatini Qatar chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Futbol 24 xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, «Istiqlol»da o‘zini ko‘rsatgan 35 yoshli O‘zbekiston terma jamoasi sobiq sardori bir qator klublarning e'tiboriga tushgan. Jumladan Qatarning eng mashhur jamoalaridan biri unga hozir Eronda oladigan maoshidan ancha ko‘p maosh va'da qilmoqda. Ba'zi manbalarda yozishicha, Jyeparovga xaridor bo‘layotgan klub «As-Sadd» yoki «Ar-Rayyan» klublari bo‘lishi mumkin. Jyeparov moliyaviy jihatdan ancha katta taklifni yozda ko‘rib chiqishini aytgan. Agar Server «As-Sadd»ga o‘tadigan bo‘lsa, Xavi bilan birga to‘p surishi mumkin bo‘ladi.
Boshqa ma'lumotlarga ko‘ra, Jyeparovga shuningdek Eronning o‘zidan ham xaridor bor. Birinchi navbatda Isfahonning «Sipohon» jamoasi Jyeparovni qo‘lga kiritish uchun jiddiy bel bog‘lagan. Hozircha bu borada Jyeparov bir qarorga kelgani yo‘q.
Mavzuga oid
17:39 / 24.05.2024
Rasman: «Barselona» Xavini iste’foga chiqardi
17:18 / 25.04.2024
Xavi «Barselona»da qolishini e’lon qildi
03:51 / 28.01.2024
«Bunday davom etishi mumkin emas». Xavi mavsum yakunida «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
15:45 / 18.10.2022