Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Antaliya Xalqaro turizm akademiyasi O‘zbekistonning uch shahrida bepul ta'lim uchun tanlov o‘tkazdi
19-27 mart kunlari Antaliya Xalqaro turizm akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining qo‘llab-quvvatlashi ostida mamlakatimizning uch shahri - Toshkent, Samarqand va Buxoroda Akademiyada 2 yillik bepul ta'lim olish uchun Grant taqdim etishga yo‘naltirilgan tanlovni o‘tkazdi. Qo‘mita vakillarining ma'lum qilishicha, tanlovning asosiy maqsadi - O‘zbekiston Respublikasidagi iste'dodli va qobiliyatli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash.
Tanlovda O‘zbekistonning oliy ta'lim muassasalari va kollejlarida tahsil oluvchi 250 nafar talaba ishtirok etdi. Tanlov sinovlari Akademiya vakillari tomonidan ikki fan (matematika va ingliz tili) bo‘yicha yagona vazifa ko‘rinishida o‘tkazildi.
Mazkur tanlov yakunlari 2018 yilning 1 may kuni Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining rasmiy sahifasida yoki "Turizm o‘quv-konsalting markazi" saytida e'lon qilinadi.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi
16:40 / 14.05.2025
Haj va Umra ziyoratlarini noqonuniy tashkil etishga uringan sayyohlik firmalari aniqlandi
17:42 / 12.05.2025