Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriyada maktab o‘quvchilari orasida ro‘mol o‘rash taqiqlanishi mumkin
Avstriya hukumati rahbari chorshanba kuni keng jamoatchilikka mamlakatda amalga oshirilishi kutilayotgan islohot rejalarini ma'lum qildi. Unga ko‘ra, Avstriya tub madaniyatiga tahdid sifatida ko‘rilayotgan muslima qizlarning bosh kiyimda yurishi maktab o‘quvchilari orasida taqiqlanishi mumkin. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
O‘tgan yili mamlakatda o‘tkazilgan saylovoldi kampaniyasida qat'iy migratsion siyosatni amalga oshirishga va'da bergan Sebastyan Kurts yana bir marta konservativ qarashlarini ilgari surmoqda. Bu gal, kansler mamlakat aholisining 1 foizidan sal oshiq qismini tanqid ostiga oldi.
«Maktabgacha ta'lim muassasalarida hamda maktab o‘quvchilari orasida qizlarning ro‘mol o‘rash holatlariga chek qo‘yish lozim», deydi u ORF radiosidagi nutqida.
Bundan avval, Kurtsning Sotsial demokratlar partiyasi mamlakat parlamentida muslimalarning jamoat joyida yuzini yopib yurmaslik qoidasini qabul qilinishiga erishgandi. Shundan so‘ng, fraksiya vakillari muslima o‘qituvchilarning maktab binosida ro‘mol o‘rab yurishini taqiqlamoqchi bo‘ldi, biroq Avstriyadagi umumta'lim maktab binolarida turli diniy belgilar ifodalangani tufayli ushbu tashabbus qonunchilik organi tasdig‘idan o‘tmagan.
Mavzuga oid
14:16 / 07.05.2025
Rossiya "Rayffayzenbank"dan deyarli 2 mlrd yevroni musodara qildi
15:25 / 30.04.2025
O‘zbekiston va Avstriya viza tartibini soddalashtirishi mumkin
18:51 / 06.04.2025
Avstriyada sun’iy intellekt universitet talabaligiga qabul qilindi
01:33 / 05.04.2025