Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KQTTdagi Britaniya delegatsiyasi Rossiyaning Skripal ishi bo‘yicha taklifini rad etdi
Buyuk Britaniyaning KQTT (Kimyoviy qurolni taqiqlash bo‘yicha tashkilot) qoshidagi delegatsiyasi Rossiyaning Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlanishi bilan bog‘liq hodisani birgalikda surishtiruvdan o‘tkazish bo‘yicha taklifini rad etdi. Bu haqda idora tvitterdagi o‘z sahifasida xabar bergan.
«Angliyaning Solsberida yuz bergan hodisani Britaniya-Rossiya qo‘shma surishtiruvidan o‘tkazish bo‘yicha taklifi g‘alati. Bu chalg‘ituvchi taktika va qo‘shimcha yolg‘on ma'lumot tarqatish bo‘lib, u Rossiya hukumati javob berishi kerak bo‘lgan savollardan qochishga yo‘naltirilgan», - deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Skripal ishida rossiyalik shubhali shaxs paydo bo‘lgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025