Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksika senati marhumlarning tana a'zolaridan avtomatik ravishda foydalanishni ma'qulladi
Meksika senati 3 aprelda barcha balog‘atga yetgan marhumlarni avtomatik ravishda donor qatoriga kiritishni ko‘zda tutuvchi sog‘liqni saqlash tizimi islohotini ma'qulladi.
“Sog‘liqni saqlash haqidagi umumiy qonunning tana a'zolar donorligi qismini isloh qilish bo‘yicha qaror 75 ta ovoz bilan ma'qullandi. Bir kishi qarshi chiqdi, bir kishi betaraflik bildirdi”, deb aytilgan senat xabarida.
Islohotga ko‘ra, tibbiy qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmaganda o‘lgan odamlarning tana a'zolari va to‘qimalari donorlik maqsadida avtomatik ravishda, ular yaqinlarining roziligisiz olinishi mumkin.
Bu qoidadan yagona istisno marhum o‘limigacha uning tana a'zolari ko‘chirib o‘tkazish uchun qo‘llanishiga rozi emasligini bildirgan yozma hujjat hisoblanadi.
Meksikada 18 yoshga yetganlar balog‘atga yetganlar hisoblanadi. Yangi o‘zgarishlar kuchga kirishi uchun endi deputatlar palatasida ma'qullanishi kerak.
Mavzuga oid
23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
00:27 / 10.05.2025