Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar ro‘yxati tasdiqlandi
Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qaror bilan Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Narxlarni davlat tomonidan tartibga solish (tariflarni) o‘rnatish, mazkur ro‘yxatdan tashqari:
tabiiy monopoliya sharoitlarida ishlab chiqariladigan tovarlarga (ko‘rsatiladigan xizmatlarga);
Prezidentning qarorlarida narxlari tartibga solish nazarda tutilgan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan ham amalga oshiriladi.
Shuningdek qaror bilan tasdiqlangan nizomda monopol yuqori va monopol past narxlarning aniqlanishi tartibi belgilandi.
Mavzuga oid
07:52 / 15.04.2025
Faqat birja orqali sotiladigan tovarlar ro‘yxati kengaytirildi
14:30 / 09.04.2025
O‘zbekiston va Pokiston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazadi
09:31 / 11.11.2024
O‘zbekistonning TDTga a’zo davlatlar bilan o‘zaro tovar aylanmasi hajmi aytildi
13:37 / 06.09.2024