YouTube ofisida otishmani ayol kishi sodir etgan, u o‘z joniga qasd qildi – OAV
ABC telekanalining tvitterdagi sahifasida xabar berilishicha, politsiya YouTube’ning Kaliforniya shtati San-Bruno shahridagi bosh qarorgohida otishma sodir etgan kishining shaxsini aniqladi.
«Huquqni muhofaza qilish organlaridagi ikki manbaning ma'lum qilishicha, YouTube ofisida otishma sodir etgan kishining shaxsi aniqlandi – u Nasim Ahdam ismli ayol kishi bo‘lib, avval Janubiy Kaliforniyadagi Riversayd va San-Diyego shahrida istiqomat qilgan», - deya xabar beriladi tvitterdagi sahifada.
Avvalroq o‘q uzgan shaxsning yoshi 35-40da ekani, u Kaliforniya janubida yashagani va, katta ehtimol bilan, ayol YouTube kompaniyasiga hech qanday aloqasi yo‘qligi haqida xabarlar tarqalgandi. Shuningdek, telekanalning huquqni muhofaza qiluvchi organlardagi manbalari fikricha, uning avvaldan maqsadi bo‘lgan kishi hozirda shifoxonada o‘ta og‘ir ahvolda qolmoqda.
Politsiya versiyasiga ko‘ra, o‘t ochgan ayol o‘zi joniga qasd qilgan. U uch kishini yaraladi, ularning bari San-Frantsiskodagi shifoxonaga olib ketildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp YouTube ofisidagi otishmaga izoh bergandi.
Mavzuga oid
23:52 / 26.11.2024
AQShda klinik o‘limdan omon qolgan erkak vaqt o‘tib jinoyatchiga aylandi
19:18 / 15.11.2024
YouTube uzun videolarni ko‘rishning Shorts’ga o‘xshash formatini ishga tushiradi
22:30 / 14.11.2024
Putin Rossiyada YouTube faoliyati sekinlashgani bilan «shug‘ullanish»ga va’da berdi
23:50 / 21.10.2024