Jahon | 19:24 / 05.04.2018
12642
2 daqiqa o‘qiladi

2017 yilda ShHT davlatlarining qancha fuqarosi jangarilar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgani ma'lum

Foto: AP

2017 yilda ShHT davlatlari maxsus xizmatlari tomonidan ShHTga a'zo davlatlarning 800dan ortiq fuqarosi xorijga xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga qo‘shilish uchun chiqib ketmoqchi bo‘lganida yoki ortga qaytayotganida aniqlangan. Bu haqda ShHT Mintaqaviy aksilterrorchilik tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasidan xabar berishgan.

"O‘tgan yili ShHTga a'zo davlatlar maxsus xizmatlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan terrorchilik, ayirmachilik va ekstremistik xarakterdagi jinoyatlarni sodir etish yoki sodir etganlikda gumonlanib xalqaro qidiruvga berilgan shaxslarning qidirish Yagona reyestriga 900dan ortiq shaxs kiritildi, - deya aytib o‘tishdi ijroiya qo‘mitadan. - Xalqaro terrorchilik tashkilotlari safida qurolli mojarolarda qatnashish uchun chiqib ketmoqchi bo‘lgan yoki shundan so‘ng ShHTga a'zo mamlakatlar hududiga qaytayotgan shaxslarni hisobga olish ro‘yxatiga 800dan ortiq shaxs haqidagi ma'lumot kiritildi".

ShHT MATT Kengashi seshanba kuni 2017 yildagi ish yakunlarini sarhisob qildi. "ShHT davlatlari vakolatli organlari tomonidan IShID, “Jabhot an-Nusra”, “Hizb ut-Tahrir”, “Turkiston islomiy harakati”ning qonunlarga qarshi faoliyati to‘g‘risida ma'lumot almashildi", - deya xabar berishgan ShHT MATTdan. 

Mavzuga oid