Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haydovchilik guvohnomalari davlat xizmatlari markazlari orqali almashtirib beriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 aprel kuni aholi va tadbirkorlik sub'yektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish borasidagi ishlarni tahlil qilish va eng muhim vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Endilikda haydovchilik guvohnomalarini almashtirib berish ham Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Yig‘ilishda ta'kidlanishicha, 2021 yilgacha 5 milliondan ziyod haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish zarur. Bu bo‘yicha har bir viloyatda 3-4 ta, mamlakatda jami 49 ta tuzilma bor, xolos, deb yozmoqda O‘zA.
Bugungi kunda mamlakat bo‘yicha 201 ta Davlat xizmatlari markazlari tashkil etilgan. Qayd etilishicha, ushbu Davlat xizmatlari markazlariga yo‘l harakati xavfsizligi vakili biriktiriladi.
Mavzuga oid
11:15 / 19.04.2025
Xorijiy fuqarolarga to‘lov evaziga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi soddalashtirilgan tartibda beriladi
12:02 / 22.11.2024
Xorijdagi vatandoshlarga minnatdorchilik belgisi – O‘zbekistonda «Vatandosh» kartasi joriy qilindi
13:40 / 25.06.2024
O‘zbekiston hududlarida haydovchilik guvohnomalari olib berishini va’da qilganlar ushlandi
07:49 / 07.06.2024